“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ezgu an’analar izchil davom ettirilmoqda. Ana shunday tashabbuslar doirasida joriy yoz mavsumida ham korxona ishchi-xodimlarining farzandlari “Lochin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mazmunli va maroqli dam olishmoqda.

Shahrisabzning so‘lim tog‘lari bag‘rida joylashgan oromgohda bolalarning sog‘lom hordiq chiqarishi, intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishi hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy mashg‘ulotlar va sport to‘garaklari bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ rahbariyati hamda korxona Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan har yili yo‘lga qo‘yilayotgan bunday ijtimoiy tashabbuslar ishchi-xodimlar farzandlarining sog‘lom, bilimli va har tomonlama barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishiga munosib hissa qo‘shishi shubhasizdir.

Print Friendly, PDF & Email