O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoada do‘stona raqobat muhitini mustahkamlash maqsadida erkin suzish bo‘yicha “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali kubogi musobaqasi tashkil etildi.

Filial Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan uyushtirilgan mazkur sport tadbirida ishtirokchilar suv yo‘laklarida tezlik, chidamlilik va mahorat borasida o‘zaro bellashdilar. Musobaqa davomida har bir ishtirokchi g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etdi.

Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali markaziy dispetcherlik xizmati xodimi Muhammadali Ahmedov eng yaxshi natijani qayd etib, 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin “Davlatobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mahalla gazchisi Ahmadjon No‘monovga nasib etgan bo‘lsa, “Chortoqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi Baxtiyor Isaqov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Hududgaz Namangan” kubogi doirasidagi bellashuvlar sportda ham, mehnatda ham yuqori marralarni ko‘zlagan faol va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Print Friendly, PDF & Email