QADRIYATLARI INSONIYLIKNI ULUG`LAGAN XALQ

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo`mitasining 2024-yil 28-fevraldagi 59-“C”-qarorida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Navoiy IES” AJ Kasaba uyushmasi qo`mitasi tomonidan “Faxriylar – hamisha e’zozda” shiori ostida stansiyada mehnat qilib, hozirda nafaqadagi mehnat faxriylari holidan xabar olindi.

Shuningdek, korxonada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar hamda biriktirilgan hududlardagi nogironligi bor, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga tashrif buyurildi. Ularga iste’mol savatchasidagi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Ko`p yillik mehnatlarimiz, yetishtirgan shogirdlarimiz, stansiyamiz rivoji uchun kamtarona xizmatlarimizni inobatga olib, bizni yo`qlab kelishganidan minnaddormiz. Bu chinakam baxtdir,-deydi Suvni kimyoviy tozalash sexining mehnat faxriysi Rajabboy Xoliqov.

Tashriflar davomida 45 nafardan ortiq xonadonlarga borish rejalashtirilgan. Bundan ko`zlangan maqsad-yurtdoshlarimizga quvonch ulashishdan iborat. Stansiya Kasaba uyushmasi tomonidan bu kabi tadbirlarni ko`proq o`tkazish, mehr-sahovat ko`rsatish ishlarini muntazam amalga oshirish rejalashtirilgan.

Manba: “IES” AJ BKUQ

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email