⚡️E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK — MUSTAQILLIK BAYRAMINING EZGU TUHFASI
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda bayram shukuhi, milliy qadriyatlar va inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu an’analar keng namoyon bo‘lmoqda.
🎁 Ana shunday xayrli tashabbuslardan biri «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirildi. Mustaqillik bayrami arafasida tizimda fidokorona mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik namunasi sifatida oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bayram tuhfalar taqdim etildi.
🔘 Mazkur tashabbus elektr energetikasi sohasida tun-u kun, har qanday ob-havo sharoitida mehnat qilib, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini qadrlash va bayram kayfiyatini ulashishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
🤝Xodimlarga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor — jamoada ijtimoiy birdamlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
🇺🇿 Ayniqsa, Mustaqillikning 35 yilligi kabi ulug‘ sana arafasida tashkil etilgan ushbu xayrli tadbir inson qadrini ulug‘lash, mehnatga hurmat va saxovat kabi ezgu qadriyatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
🤔 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari»MCHJ rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish va mehnat jamoasida sog‘lom hamda samimiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar izchil davom ettiriladi.
⚡️Zero, yurt taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan har bir insonning mehnatini qadrlash — eng ulug‘ e’tibor va yuksak ehtiromdir.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: