Joriy yilning 2 – dekabr kuni “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filialida O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o‘rinbosari Sobirjon Egamberdiyevning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Sayyor qabulda gaz taʼminoti filiali boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushmasi qo‘mitasi aʼzolari, jamoa xodimlari va yetakchi muhandis va mutaxassislar ishtirok etishdi. Tadbirda energetika sohasida mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llashda kasaba uyushmasi oldida turgan vazifalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari haqida so‘z yuritildi. Bunda moliyaviy imkoniyatlarni birlashtirish, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklik hamda ijtimoiy muloqotning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, quyi tashkilotlarning faoliyatini muvaffaqiyatli muvofiqlashtirib borish va boshqalar haqida taʼkidlandi.
Gaz taʼminoti tizimi xodimlari bilan muloqotda ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ijtimoiy-iqtisodiy murojaatlari qabul qilinib, bu bo‘yicha ishchilarga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan uy-joy masalasini hal etish uchun subsidiya ajratish, ijara haqini qoplashda moliyaviy ko‘mak berish va hokoza murojaatlar yuzasidan xodimlarga atroflicha maʼlumot berildi.
Sayyor qabul yakunida xodimlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.
Manba: “Hududgaz Navoiy” GTF KUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: