⚡️E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK — MUSTAQILLIK BAYRAMINING EZGU TUHFASI
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda bayram shukuhi, milliy qadriyatlar va inson qadrini…
Avval xabar berganimizdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasining 478 MVt quvvatli bug‘-gaz qurilmasida mukammal ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur ta’mirlash ishlari energoblokning texnik holatini yanada yaxshilash, asosiy va yordamchi uskunalarning ishonchliligini oshirish, ularning barqaror hamda samarali ishlashini ta’minlashga qaratilgan.









Mukammal ta’mirlash – katta mas’uliyat, yuqori malaka va fidokorona mehnatni talab qiladigan murakkab jarayon. Shu bois ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan mutaxassislar uchun munosib mehnat sharoitlarni yaratish ham doimiy e’tiborda.
“Inson qadri uchun!” tamoyili asosida korxona rahbariyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan ta’mirlash jarayonlarida faol ishtirok etayotgan xodimlar va mutaxassislar uchun issiq ovqatlar tashkil etilmoqda.
Bunday amaliy ishlar xodimlarning kuch-g‘ayratini tiklash, ularning salomatligi va mehnat unumdorligini qo‘llab-quvvatlash, eng muhimi, murakkab va mas’uliyatli vazifalarni sidqidildan bajarayotgan insonlarning mehnatini munosib qadrlashga xizmat qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: