

«O‘zbekgeofizika» AJ «Yakkabog’ geofizika ekspeditsiyasi» filiali boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo’lib o’tdi
Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi mazkur korxonada 932 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilib kelmoqda. Konferensiyada belgilangan me’yorga muvofiq saylangan delegatlardan 60 nafari ishtirok etdi.
Dastlab, kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yil fevraldan 2025 yil fevralgacha bo’lgan faoliyati yuzasidan qo’mita raisining hisoboti tinglandi va muhokama etildi.
Konferensiyada delegatlar kasaba uyushma qo‘mitasining faoliyatini qoniqarli deb baholadi.

Muqobillik va yashirin ovoz berish shaklida o’tkazilgan saylovda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib 54 ta ovoz bilan Karimov Bahriddin Ochilovich qayta saylandi.
Konferensiyada shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi, taftish komissiyasi va uning raisi hamda «O’zbekgeofizika» AJ birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotining konferensiyasiga delegatlar saylandi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: