⚽️ Sport orqali sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish yo‘lida muhim tashabbus
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida filial miqyosida mini futbol bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.
🏟 Mazkur musobaqada barcha podstansiyalardan tashrif buyurgan jamoalar faol ishtirok etib, o‘zaro bellashuvlarda yuqori sport mahorati, intizom va jamoaviylik namunasini ko‘rsatdilar.
🏆 Musobaqa «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filial direktori kubogi uchun o‘tkazilib, yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib va sovrindor jamoalar filial rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplomlar hamda qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Natijalar quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — “Ma’muriyat” jamoasi,
🥈 2-o‘rin — “Surxon-500” jamoasi,
🥉 3-o‘rin — Termiz shahar va tuman podstansiyasi xodimlari (faol ishtiroki uchun)
👏 Ushbu sport tadbiri xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: