O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati tomonidan Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-sonli “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tizimda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur hujjatlar ijrosi doirasida jamiyat xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sportni rivojlantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2026-yil uchun rejalashtirilgan sport tadbirlari doirasida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etilib, o‘tkazildi.
Musobaqa qiziqarli, shiddatli va hayajonga boy ruhda bo‘lib o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun astoydil kurash olib bordi, maydonda haqiqiy sport ruhi, jamoaviy hamjihatlik va o‘zaro hurmat namoyon bo‘ldi.
Bellashuv yakunida esa eng katta g‘alaba — do‘stlik va birdamlik bo‘ldi.
Bunday sport tadbirlari jamoa a’zolari o‘rtasida ahillikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xotin-qizlar faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilar faol ishtiroklari uchun rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: