🌐“Urganchtransgaz” UKda ma’naviy-ma’rifiy tadbir
🌐14-fevral kuni buyuk shoh va shoir — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan…
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Qashqadaryo hududiy filiali direktori A. Muzapovning yoshlar bilan uchrashuvi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining energetika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari ishtirok etdi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida sohaning bugungi holati, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita rahbar tomonidan javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ushbu uchrashuv davomida Qarshi davlat texnika universiteti hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Qashqadaryo hududiy filiali o‘rtasida kadrlar tayyorlash va bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.









Spelling error report
The following text will be sent to our editors: