Fuqarolar murojaati eʼtiborda
#Rasmiy_munosabat!
Ijtimoiy tarmoqlardan birida Bobomurod Hamroyev ismli fuqaro tomonidan tarmoq yoki oʻzi ishlovchi korxona nomini koʻrsatmagan holda Kasaba uyushmasi Markaziy kengashiga Prezident portali orqali murojaat qoldirgani, oʻzi ishlayotgan tashkilotda kasaba uyushma qoʻmitasi raisi ishchini himoya qilolmasligi, Respublika kasaba uyushmasi xodimi telefonda unga korxona yoqmasa ketishini aytgani toʻgʻrisida qoldirilgan post tezkorlik bilan Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqildi.
Suhbat jarayonida B.Hamroyev Buxoro viloyati yuridik texnikumini 2023-yilda tamomlaganini, hozirda “Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi”da ishlashi, ayni kunda ishlab kelayotgan mutaxassisligidan norozi ekanligi, oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishni davom ettirishi uchun uni yurist lavozimiga oʻtkazishni soʻrab rahbarga bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsa-da, soʻrovlari oqibatsiz qoldirilganligini bildirdi.
Shuningdek, 15-fevral kuni “Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi” boshligʻi ishdan boʻshaganligini maʼlum qildi.
Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mutaxassislari unga ushbu masala ish beruvchi tomonidan mehnat qonunchiligi dorasida hal etilishi zarurligi boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shu oʻrinda, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan B.Xamroyevning murojaatiga asosan mutaxassisligi boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish yuzasidan ish beruvchi bilan muzokara oʻtkazildi.
Bundan tashqari B.Xamroyev oʻzi ishlayotgan korxona boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyatidan norozi boʻlib, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisiga ikki marotaba ogʻzaki murojaat qilingan boʻlsada, sanatoriya yoʻllanmasi ajratilmayotganligi toʻgʻrisidagi vaji yuzasidan, kasaba uyushmalari tomonidan sanatoriya yoʻllanmasini ajratish tartibi va “Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi” kasaba uyushmasi qoʻmitasiga yoʻllanma ajratishni soʻrab yozma ravishda murojaat qilishiligi tushuntirildi.
Shuningdek, suhbat davomida B.Hamroyev bilan telefon orqali bogʻlangan Alisher ismli shaxs tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi xodimi emas, balki “Oʻztransgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi maʼsul xodimi ekanligi, uning murojaatini oʻrganish maqsadida suhbat oʻtkazganligi maʼlum boʻldi.
Shundan soʻng, B.Hamroyev tomonidan bu borada tushunmovchilik boʻlganligi bildirildi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: