FAXRLI MEHNAT – MUNOSIB E’TIROF
Yangi Namangan tumani elektr tarmoqlari xodimi Abdurahmanov Kamol Hamidjanovich 1991-yildan buyon elektr tarmoqlari tizimida sidqidildan,…
28-aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Taxiatosh IES” aksiyadorlik jamiyati xodimlari o‘rtasida “Xavfsizlik-hayot kafolati” shiori ostida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Mehnat muhofazasi vakillari, stansiya rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi hodimlari ishtirok etishdi.
Ko‘rik tanlovda stansiyaning sex va bo‘limlaridan ko‘plab jamaolar o‘z bilim va ko‘nikmalarini ko‘rsatish maqsadida ishtirok etishdi. Tanlovda jamolar uchta bosqich bo‘yicha o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini sinab ko‘rishdi.
1-bosqich: Shaxsiy himoya vositalari!
Ushbu bosqichda jamolar ko‘rgazmali chiqishlar va shaxsiy himoya vositalarini aytishi hamda ular to‘g‘risida ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi.
2-bosqich: Tezkor savol javob!
Ushbu bosqichda mehnat muhofazasi xodimlari tomonidan savollar beriladi va ushbu berilgan savollarga tezkor va aniq javob berishlari shart hisoblanadi.
3-bosqich: Vaziyatli amaliy masalalar! Ushbu bosqichda jamolar amaliy mashg‘ulotlar orqali bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Uchta bosqich bo‘yicha jamaolar qizg‘in bellashuv olib borishdi va hakamlar tomonidan har bir bosqich bo‘yicha odilona baholab borishdi.
Tanlav yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin – Gidrotexnika sexi jamoasiga,
2-o‘rin – Kimyo sexi jamoasiga va
3-o‘rinni – Bug‘-gaz qurilmalari sexi egalashdi.
G‘olib bo‘lgan jamolarga stansiya rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar topshirildi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: