🎗 “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan «O‘zbekgidroenergo» AJ  tizimida faoliyat yuritgan bir guruh faxriylar hamda yosh xodimlar ishtirokida “Uch avlod vakillari uchrashuvi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✍️ Tadbirning asosiy maqsadi — soha faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning boy hayotiy va kasbiy tajribasini yosh avlodga yetkazish, avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash hamda gidroenergetika sohasiga oid qadriyatlarni keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Print Friendly, PDF & Email