11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi.
11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan «Taxiatosh IES» AJda xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbir doirasida erkaklar o‘rtasida voleybol, ayollar o‘rtasida esa shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda stansiyaning barcha sex va bo‘limlaridan ko‘plab xodimlar faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar ko‘tarinki ruhda, do‘stona va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar «Taxiatosh IES» AJ Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bunday sport tadbirlari jamoada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: