“Yangi Angren IES”da mehnat muhofazasi vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
“Yangi Angren IES” AJda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi va korxona mas’ullari ishtirokida jamoatchilik asosida saylangan mehnat muhofazasi vakillari bilan yig’ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda ishchi-xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, jamoatchilik vakillarining korxonada texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishdagi roli va mas’uliyatini oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Korxona mutasaddilari tomonidan mehnat muhofazasi borasidagi ishlar samaradorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: