Ba’zan kundalik ish tashvishlaridan biroz uzoqlashib, yangi manzillarni kashf etish, hamkasblar bilan maroqli vaqt o‘tkazishning o‘zgacha gashti bor.
11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Buxoro NQIZ kasaba uyushmasi tomonidan 50 nafar ishchi-xodim uchun Xorazm viloyatiga ikki kunlik sayohat tashkil etildi.

13-14-noyabr kunlari davom etgan sayohat qadimiy Xivaning betakror manzaralari, tarixiy obidalari va samimiy muhitiga boy bo‘ldi.

Xivaning yuragi – Ichanqal’a bo‘ylab sayr, gidning qiziqarli hikoyalari orqali asrlar qa’riga sayohat, mahobatli minoralar va qadimiy ko‘chalar ishtirokchilarga o‘zgacha taassurot ulashdi.

Albatta, Xorazmning milliy taomlarisiz sayohatni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mazali nonushta, tushlik va kechki ovqat dasturxonlari, ayniqsa, mahalliy taomlar barchaga birdek manzur bo‘ldi. Arda Xivadagi ekskursiya, betakror manzaralar va qayiqdagi sokin sayr esa ikki kunlik sarguzashtga yanada o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
⏩Ikki kun ko‘z ochib yumguncha o‘tdi. Ortga esa iliq xotiralar, samimiy suhbatlar, quvonchli lahzalar va birgalikdagi unutilmas taassurotlar qoldi.

Print Friendly, PDF & Email