Prezidentning ochiq maktubi mazmun-mohiyati xodimlarga yetkazildi
«Uzbekistan GTL» korxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan ochiq maktubi mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki, davlat rahbari mazkur maktubni 2026-yil 23-noyabr kuni Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga davlat tashrifi bilan ketayotgan vaqtda, samolyot bortida yozgan.
Uchrashuv davomida xodimlarga maktubda ilgari surilgan vaqtni qadrlash, bilim olish, mehnatsevarlik, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda Vatanga sadoqat kabi muhim hayotiy tamoyillarning mazmun-mohiyati yetkazildi.
Shuningdek, ushbu g‘oyalar nafaqat yosh avlod tarbiyasida, balki har bir insonning kundalik hayoti va faoliyatida ham muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Xodimlarning o‘zlari ham mazkur tamoyillarga amal qilishlari, farzandlarini bilim olish, izlanish, mehnatsevarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashlari muhimligi alohida ta’kidlandi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: