Prezident: «…Men millionlab O‘zbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham o‘ylashim, qayg‘urishim kerak!»
Barchamizga ma’lumki, kecha muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi davomida nabirasiga atab yozgan maktubi e’lon qilingan edi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Kichik majlislar zalida Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari ishtirokida ushbu maktub mazmuni bilan tanishishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining markaziy apparati bilan bir qatorda respublika hududlaridagi barcha filiallarida ham tashkil etildi. Unda filial xodimlari va yoshlar ishtirok etib, davlatimiz rahbarining maktubida ilgari surilgan ezgu g‘oyalar, hayotiy saboqlar va tarbiyaviy ahamiyatga ega fikrlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ayniqsa, Davlatimiz rahbarining nabirasiga qarata aytgan: «Mening o‘z fikrlarim yurtimizdagi har bir bobo va ota, har bir buvi va onaning o‘z aziz dilbandlariga atagan yurak so‘zlaridir. Mening o‘z nasihatlarim O‘zbekistonning barcha bolalariga bag‘ishlangan ezgu tilaklardir», degan so‘zlari yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.
Tadbirlar davomida maktubda aks etgan fikrlar yosh avlodni bilimli, mehnatsevar, vatanparvar va yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalashda muhim hayotiy dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: