«Navoiy IES» AJda «Dolzarb 30 kunlik» doirasida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi
Yurtimizda e’lon qilingan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida “Navoiy IES” AJ obyektida Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi xizmati hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi inspektorlari tomonidan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Jamiyat ishlab chiqarish va sexlarida mehnat qilayotgan xodimlarga soha vakillari tomonidan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda hushyorlik va mas’uliyatni oshirish zarurligi qayd etildi.
Manba: “IES” AJ BKUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: