Ekskursiya davomida xodimlar prokuratura organlarining shonli tarixi, uning rivojlanish bosqichlari hamda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashdagi muhim o‘rni bilan yaqindan tanishdilar.

Muzey ekspozisiyalari orqali qatag‘on davrida yurtdoshlarimiz boshidan kechirgan sinovlar va ularning oqibatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Mazkur tashrif xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash, tarixiy xotirani asrash hamda vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email