Mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak fazilatlar о‘zbek xalqining azaliy qadriyatlari hisoblanadi. Azaldan yurtimizda ehtiyojmandlarga yordam berish, nogironligi bо‘lgan insonlar holidan xabar olish, ularga ma’naviy va moddiy kо‘mak kо‘rsatish ezgu an’ana sifatida shakllangan. Bugungi kunda ham bu xayrli ishlar izchil davom ettirilib, jamiyatda о‘zaro hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Jamiyatning Kasaba uyushma qо‘mitasi tomonidan xodimlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand va nogironligi bо‘lgan insonlarga g‘amxо‘rlik kо‘rsatish, ularning holidan xabar olishga qaratilgan ezgu tadbirlar doirasida navbatdagi xayriya aksiyasi о‘tkazildi.
Xayriya tadbiri davomida moddiy yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, zaruriy rо‘zg‘or buyumlari va boshqa kо‘maklar yetkazib berildi.

Bunday xayrli tashabbuslar nafaqat ehtiyojmand insonlarni qо‘llab-quvvatlash, balki jamiyatda mehr-shafqat, insonparvarlik kabi fazilatlarni keng targ‘ib etishga ham xizmat qiladi. Zero, har bir insonga kо‘rsatilgan e’tibor va g‘amxо‘rlik butun jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar esa jamiyatda inson qadrini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email