Navro‘z — yangilanish va birlik bayrami
Bahorning ilk nafasi bilan kirib kelgan Navro‘z yurtimizda ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” degan ezgu g‘oya asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filialida ham “Navro‘z sayli” keng tantana bilan o‘tkazildi.
Tadbir davomida milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, hunarmandchilik namunalari, milliy liboslar hamda an’anaviy taomlar namoyish etildi. Shuningdek, milliy sport musobaqalari, milliy liboslar ko‘rgazmasi, ijodiy chiqishlar va konsert dasturlari bayramga yanada fayz bag‘ishladi.
Bayram tadbiri doirasida yana bir ezgu an’ana davom ettirilib, 17 nafar xodimlarning farzandlari uchun xatna to‘ylari ham tashkil etildi. Bu esa bayramga yanada quvonch va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Viloyatdagi 14 ta shahar va tuman tashkilotlari faol ishtirok etib, o‘ziga xos chiqishlari va ko‘rgazmalari bilan umumiy tantanaga rang-baranglik qo‘shdilar.
Navro‘z sayli milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, jamiyatda birlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan unutilmas bayramga aylandi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: