Navro‘z — yangilanish va birlik bayrami
Bahorning ilk nafasi bilan kirib kelgan Navro‘z yurtimizda ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. “Navro‘zni ulug‘lash — insonni…
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, uning tizimida soha vakillari hamda aholi o‘rtasida umumxalq bayramlarining g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish doirasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 18-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan vazirlik xodimlari orasida “Navroʻzni ulugʻlash — insonni ulugʻlashdir!” shiori ostida ommaviy diktant tadbiri oʻtkazildi.
Shuningdek, tadbirda vazirlik xodimlari “Erkin mavzuda ifodali she’r o‘qish”, “O‘zbek xalq maqollarini aytish” kabi tanlovlarda ham ishtirok etdilar.






Tadbirning asosiy maqsadi ona tilimizning tarixiy ahamiyatini yoritish, davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish hamda xodimlar o‘rtasida ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: