Sirdaryo IESda faoliyat yuritayotgan energetik ayollar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbir xotin-qizlarning bilim va tafakkurini yanada mustahkamlash, ularning faolligini oshirish maqsadida o‘tkazildi. O‘yin davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, topqirligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, o‘zaro qiziqarli bellashuv olib bordilar.

Tadbirlar doirasida kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan seminar-treninglar hamda turli madaniy-maʼrifiy uchrashuvlar ham tashkil etildi. Ushbu tadbirlar xodimlarning bilimini oshirish, jamoada birdamlik va hamkorlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” g‘oyasi asosida sayohat ham uyushtirildi. Tadbir ishtirokchilari Amirsoy dam olish maskaniga tashrif buyurib, tog‘ bag‘rida maroqli hordiq chiqarishdi. Bu kabi sayohatlar jamoa a’zolari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va ularning madaniy hordiq chiqarishiga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email