“O‘zbekneftgaz” AJ ga qarashli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining yangi mavsumi boshlandi
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi zavod, boshqarmalar va tashkilotlar hamda Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi va uning tarkibidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning yozgi mavsum davomida jamiyat tassarrufidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida 10 mingga yaqin bolalarni dam olishlari rejalashtirilgan. Yozgi mavsumning birinchi navbatida 2250 nafar, ikkinchi navbatida 2784 nafar bola dam olishdi. Mavsumning uchinchi navbatida 2612 nafar bolalarni lagerlarga qabul qilindi.
Jumladan, yozgi mavsumning uchinchi navbatiga qabullar quyidagicha amalga oshirildi:
- Muborak neftь va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Yosh alangachi” nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga 580 nafar;
- Muborak gazni qayta ishlash zavodiga qarashli “Nihol” nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga 424 nafar;
- Sho‘rtan neftь va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Beruniy” nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga 378 nafar;
- Sho‘rtan gaz kimyo majmuasiga qarashli “Lochin” nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga 1000 nafar;
- Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga qarashli “Neftchi” nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga 230 nafar bola qabul qilingan.
Oromgohlarda bolalarni dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, cho‘milish xavzalari, sport majmualari, to‘garaklar, kutubxonalar, madaniy dam olish uchun mo‘ljallangan sahnalar mavjud.
Shuningdek, har-xil madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tadbirlar, oromgohning ochilish marosimi, «Oromgoh malikasi», » Jajji raqs malikasi», jonli ijro, she’riyat kechalari, raqs qiroli, bilimdonlar bellashuvi, quvnoqlar va zukkolar bellashuvlari, shoirlar ijodiga bag‘ishlangan kechalar, suv bayrami, liboslar ko‘rgazmasi, kulgi kuni, oromgohning yopilish marosimi, sport tadbirlari, rassomchilik, badiiy bezak, mohir qo‘llar va shu kabi bir qator tadbirlar uyushtirib kelinmoqda.
Ushbu tadbirlar bolajonlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchni yuksalishiga, ona Vatanimizga bo‘lgan mehrini ortishiga, dunyoqarashi hamda bilim saviyalari o‘sishiga katta turtki bo‘lib kelmoqda.
Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida kitobxonlik madaniyatiga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu sa’y-harakatlar zamirida o‘z fikri va dunyoqarashi, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bilimli va ma’naviyatli yoshlarni har jihatdan barkamol avlodni voyaga yetkazish vazifasi yotadi. Shu boisdan ham Muborak gazni qayta ishlash zavodiga qarashli “Nihol”, Sho‘rtan neftь va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Beruniy”, Muborak neftь va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Yosh alangachi” nomli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga maroqli dam olayotgan bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish va ularning ma’naviy ongini oshirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 500 ga yaqin badiiy asarlar va she’riy to‘plamlar jamlanmasi bilan oromgohlar kutubxonalari boyitildi.
Bundan tashqari oromgohlarning sport bazasini yanada boyitish, oromgohlarda dam olayotgan bolajonlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida oromgohlarning xar-biriga 17 turdagi sport jixozlari Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan taqdim etildi.
Manba: “O‘zbekneftgaz” AJ KUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: