28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Buxoro NQIZda “Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: “Sog‘lom psixologik – ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Zavod markaziy tahlilxonasi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, tadqiqotlar tahlilxonasi jamoasi ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbirda mehnat muhofazasini yanada takomillashtirish, xodimlar uchun sog‘lom va xavfsiz ish muhitini yaratish, shuningdek, psixologik barqarorlikni ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan ish joyida ijobiy psixologik muhitni shakllantirish, stress holatlarining oldini olish hamda jamoada o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar sog‘lom psixologik-ijtimoiy muhitni ta’minlash har bir korxona faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil ekanini alohida ta’kidladilar.

Print Friendly, PDF & Email