Yoz o’tmoqda soz!

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan “Sho’rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi” ga qarashli bo’lgan “Beruniy” bolalar sog’lomlashtirish oromgohida bir necha yuzlab o’g’il-qizlar maroqli dam olmoqdalar.

Xususan bolalarni maroqli dam oldirish maqsadida oromgoh mutassadilari tomonidan ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Turli spektakllar, sirklar, sayrlar, qiziqarli mashg’ulotlar bolajonlar uchun tashkil etilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti  Shahrisabz avtomobil  maktabi,  «Shahrisabz tuman USTK»   hamda tashkilot qoshida ochilgan «Yosh qutqaruvchilar» harbiy sport maktablari hamkorligida  «Yoz o‘tmoqda-soz! » shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbir so’ngida oromgohda dam olayotgan bolalar o’rtasida velomarafon tashkil etildi. G’oliblar va tadbirda faol ishtirok etgan bolajonlar tadbir tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email