Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ishchi-xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularning madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash maqsadida navbatdagi sayohat tadbiri tashkil etildi.
Jumladan, jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan 50 nafar ishchi-xodimlar uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar markazda joylashgan noyob eksponatlar, qadimiy qo‘lyozmalar hamda islom madaniyati va tamaddunini aks ettiruvchi boy meros namunalari bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birga, ularga yurtimiz hududida shakllangan ilmiy va ma’naviy muhit, buyuk allomalarimiz merosi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan bu kabi tadbirlarni kelgusida ham izchil davom ettirish rejalashtirilgan.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: