“Enter Engineering”  kompaniyasida “O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni” keng nishonlandi

O‘zbekistonda avgust oyining ikkinchi yakshanbasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan “Enter Engineering” kompaniyasi kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan  ishchi-xodimlarning kasb bayramlari bilan tabriklash maqsadida ularga turli esdalik sovg’alar topshirilidi.

Har yili kompaniya kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan quruvchilarni kasb bayramlari bilan tabriklash va uni nishonlash maqsadida kompaniya obyektlariga tashriflar tashkil etiladi.

Navbatdagi sanani nishonlashda kasaba uyushmasi qo‘mitasining vakillari bir necha kun davomida bir qancha ob’ektlar, xususan, Samarqanddagi Silk Road Samarkand sayyohlik markazi, Boysun GQIZ va 3-MBF va boshqa obyektlarga tashrif buyurishdi. Har bir muassasada mehnatni va ilg‘or ishchilarni rag‘batlantirish maqsadida maxsus sertifikatlar va 170 ta qimmatbaho sovg‘a tantanali ravishda topshirildi, musiqiy kecha uyushtirilib, bayramona tushlik va kechki ovqat dasturxoni yozildi.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email