Hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati Kengashi majlislar zalida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilganligining 25 yillik yubiley tantanalari munosabati bilan Umumrossiya neft-gaz sanoati va qurilish xodimlari kasaba uyushmasi, Qozog‘iston energetika tarmoq kasaba uyushmasi Jamoat birlashmasi hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi o‘rtasida do‘stlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xalqaro Konfederatsiyasi Prezidenti, Umumrossiya neft-gaz sanoati va qurilish xodimlari kasaba uyushmasi raisi Aleksandr Korchagin, Umumrossiya neft-gaz sanoati va qurilish xodimlari kasaba uyushmasi raisining o‘rinbosari, Qozog‘iston energetika tarmoq kasaba uyushmasi jamoat birlashmasining raisi Orazbek Bekbas, “O‘zbekneftgaz” AJ mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodining faoliyati, ishchi xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z bordi.
Tadbirda hamkorlar tomonidan Memorandum imzolandi.
Manba: O’zbekiston milliy axborot agentligi
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: