Tarmoq tizimida faoliyat olib boradigan hisobchi va g‘aznachilarining malakalarini oshirish uchun o‘quv seminar tashkil etildi

O‘zbekiston  kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 8 avgustdagi 7-26 “s” sonli “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta’lim muassasasida 2022 yil II yarim yillik uchun kasaba uyushma kadrlari va faollarini o‘qitish rejasi to‘g‘risida” gi qaroriga asosan joriy yilning 12-16 sentabr kunlari O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari hisobchilari va g‘aznachilarining o‘quvlari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarda tinglovchilarga hozirgi kundagi qonun o‘zgarishlari, hamda dolzarb masalalar yuzasidan dars va ko‘nikmalar berib borildi. Undan tashqari seminar ishtirokchilarining kasaba uyushmalari muziyiga tashriflari tashkil etildi.

Seminarning 4 kuni tinglovchilar uchun Toshkent shahri bo‘ylab sayr tashkil etildi. Sayr davomida ishtirokchilar “Toshkent siti”, “Hasti imom” majmuasi, “G‘alaba bog‘i” hamda bir necha diqqatgasazovor joylarda bo‘lishdi.

Seminar so‘ngida esa berilgan bilimlar yuzasidan imtixon o‘tkazilib, undan muvaffaqqiyatli o‘tgan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email