Joriy yil 27 fevral kunda kasaba uyushmalari jamiyatimizning muhim bir boʻgʻiniga aylangan jamoat tashkiloti sifatida eʼtirof etilayotgani ayni haqiqatdir. Har bir mehnat jamoasida xodimlar manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, xodimlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatimizning diqqatga sazovor qadamjolariga sayohatlar tashkil etish, yozgi mavsumda bolalarning oromgohlarda dam olishlarini tashkillashtirish, bayram tadbirlarini koʻngildagidek oʻtkazish va boshqa koʻplab masalalarni hal etishda kasaba uyushmalari jamiyati muhim ahamiyat kasb etadi.
“Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiali majlislar zalida “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining bajarilishi hamda 2026-2028-yillar uchun tuzilayotgan jamoa shartnomasining loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan boshlangʻich kasaba uyushmasining hisobot-konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Konferensiyani “Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiali Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Sh. Sabirov olib bordi va kun tartibida belgilangan masalalarga muvofiq mehnat jamoasi oldida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan hisobot berdi. Jamoa shartnomasi 17-boʻlim va 229 banddan iborat boʻlib filial ishchi xodimlarini ijtimoiy iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaratilishi, xodimlarni sogʻlomlashtirish, mehnat muhofazasi, yosh xodimlar va ayollar manfaatlarini himoya qilish borasida korxona rahbari va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berildi.
Yigʻilishda taklif qilinganlar jamoa shartnomasiga kiritiladigan qoʻshimcha va oʻzgarishlarni koʻrib chiqib, qarorlar qabul qilindi.
Konferensiyada “Hududgaz Xorazm” GTF direktori B.Djumanazarov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.
Print Friendly, PDF & Email