Farg’onada  “Birlashsak, katta kuchmiz!” mavzusida xalqaro yoshlar forumi bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda uni «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» da amalga oshirishga oid davlat dasturi, yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati tamoyillari ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish, yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada yuksaltirish maqsadida joriy yilning 18-22 avgust kunlari  Energetika vazirligi , “Issiqlik yelektr stansiyalari” AJ va O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 18-22-avgust kunlari “Birlashsak, katta kuchmiz!” xalqaro yoshlar forumida korxonalarda mehnat qilayotgan 350 nafardan ortiq yosh energetiklar ishtirok etishdi. Ular qatorida Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya va Yaponiya kabi davlatlardan kelgan 50 nafarga yaqin yoshlar ham ishtiroki etishdi.

          Forumning ilk kuni mahalliy va xorijiy yoshlar milliy urf-odatlarimiz va azaliy qadriyatlarimiz, xususan, o’zbek xalqining mehmondo‘stligi taomlari, liboslari va folklor san’ati bilan yaqindan tanishdilar. “Moziy va yoshlar” Art festivali, “Osh chempionati” forumning birinchi ish kunidagi milliy, eng yorqin tadbirlaridan biri bo‘ldi desak adashmaymiz. Ayniqsa boshlag‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarining ushbu jarayonlarni tashkil qilishdagi hamda munosib baholashdagi faoliyatlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

             Yoshlar Marg‘ilon shahrida joylashgan «Hunarmandlar» markazida bo‘ldilar va bu yerda o‘zbek milliy hunarmandchilik namunalari, xususan adras va atlas matolaridan tikilgan milliy liboslar, chilangarlik buyumlariga oid ko‘rgazma bilan tanishdilar. Adras matosining to‘qilish jarayoniga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Keyingi manzil XVIII asr o‘rtalarida qurilgan Pir   Siddiq, xalq tili bilan aytganda “Kaptarli mozor qabristoni” bo‘ldi.

            “Birlashsak, katta kuchmiz!” xalqaro yoshlar forumi doirasida sport musobaqalari ham tashkil etilib, qizlar stol tennisi, volleybol, kamondan o‘q otish orqali o‘zaro kuch sinashishdi. Yigitlar millionlar o‘yini sanalgan futbol musobaqalari orqali o‘z stantsiyalari sharafini himoya qilishdi. Bundan tashqari pahlavonlar bahsi ham o‘tkazildi. Polvonlar 32 kg.lik toshni ko‘p marotaba ko‘tarish, og‘ir belaz ballonini 50 metr masofaga qisqa muddatda irg‘itib yetkazish, «Damas» avtomobilini arqonda 50 metr masofaga tortib kelish, 32 kg.lik 2 ta toshni 100 metrga ko‘tarib keltirish kabi shartlar bo‘yicha ham o‘zaro bellashishdi. Yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar va jamoalar bellashuvlarning keyingi bosqichiga yo‘l oldilar.

          Forum doirasida yosh energetiklarning bilimlarini oshirish va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish maqsadida stantsiyalararo “Zakovat” intellektual o‘yini ham o‘tkazildi. Unda energetiklar faqatgina ishlab chiqarish jarayoni bilangina cheklanib qolmagan holda, aqliy rivojlanishga ham doimiy e’tibor qaratishlarini namoyon etdilar Forumning uchinchi kunida stol tennisi, futbol, voleybol bo‘yicha musobaqalar g‘oliblari va sovrindorlari aniqlandi. Shuningdek, triatlon (suzish, velopoyga va yugurish) bo‘yicha stantsiyalararo bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Murosasiz o‘tgan kurashlarda eng tezkor hamda eng matonatli va irodali yoshlar jamoalari aniqlandi.

           Forum davomida  Energetika sohasida ilmiy innovatsion ishlanmalar ustida ish olib borayotgan yoshlar ishtirokidagi «Issiqlik elektr stantsiyalarini rivojlantirishning innovatsion yechimlari»  mavzusida ilmiy-texnik konferentsіya o‘tkazildi.

          Unda, «Issiqlik elektr stantsiyalari» AJ, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, TDTU profesor o‘qituvchilari, shuningdek faxriy energetiklar, «Mitsubishi Korporation» kompaniyasi vakillari, talaba yoshlar va forum qatnashchilari ishtirok etdi.

        Anjumanda issiqlik elektr stantsiyalari zamonaviy innovatsion yechimlar asosida modernizatsiya qilish, yangicha texnologiyalarni ishlab chiqarish jaroyoniga jalb etish masalalari muhokama etildi.

            Bundan tashqari Forumning yopilish marosimida «Issiqlik elektr stantsiyalari» AJ markaziy apparati va uning tizimida samarali mehnat qilayotgan, ish jarayonida namunali faoliyat ko‘rsatayogan hamda forumda faol ishtirok etgani uchun 12 nafar yoshlar O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan munosib Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari  ushbu forumda tashabbuskorligi uchun  Xamrayev Akmal Alisher o‘g‘liga 19-25-sentyabrda  Dog‘iston Respublikasida  “Umumrossiya elektr kasaba uyushmasi” jamoat tashkiloti tomonidan bo‘lib o‘tadigan VII sonli Umumrossiya yoshlar birlashuviga O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan  Yo‘llanmani  qo‘lga kiritdi.

Bo‘lib o‘tgan 5 kunlik forum davomida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan xorijlik mexmonlarni munosib ravishda kutib olish, ularni Toshkent xamda Farg‘ona shaharlarining diqqatga sazovor joylari bo‘ylab maroqli sayrlarini tashkil qilish va shu bilan birgalikda ularga ko‘tarinki ruh bag‘ishlash, forumga tashrif buyurgan yoshlar bilan yaqindan tanishish, o‘zaro tajriba almashishda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xodimlarining mehnatlari e’tirof etish o‘rinlidir. Faol yoshlar bilan  ko‘rkam Farg‘ona diyorida yig‘ilishimizdan ham asosiy maqsad o‘zaro tajriba almashish, kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan maqsad va vazifalarni aniqlab olish hamda ularni hayotga tatbiq etish, xalqaro do‘stlik va qardoshlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan  iborat edi.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email