Faoliyatga bo’lgan mas’uliyat oshirilmoqda
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialining tegishli bo’lim mas’ullari ishtirokida tuman va shahar gaz ta’minoti bo’limlarida…
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 27-sentyabrdagi 816-son qaroriga asosan, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda ularning oʻrnini yanada oshirish maqsadida har yil oktyabr oyining birinchi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni oʻtkazish belgilangan.

“Аndijon HETK” АJ Kasaba uyushma qoʼmitasi tomonidan joriy yilning 3-9 oktyabr kunlari “Keksalarni eʼzozlash,ularga hurmat –ehtirom koʼrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan gʼoya ostida boʼlib oʼtadigan haftalik doirasida nuroniylarning holidan xabar olish, ularni maʼnaviy va jismoniy qoʼllab-quvvatlash, hurmat-ehtirom koʼrsatish va eʼzozlash boʼyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan fidokorona mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurib, holidan xabar olindi.
“Keksalar haftaligi”doirasidagi xayriya tadbirlari davom etadi.



Manba: “Аndijon HETK” АJ KUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: