«Sport – salomatlik garovi»

Joriy yilning 7 oktyabr kuni «O‘zbekko‘mir» AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan «Sport – salomatlik garovi» shiori ostida spartakiada tashkil etildi. Spartakiada qatnashchilar sportning mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha kuch sinashdilar.

Spartakiadada tizimdagi 11 filial va boshqaruv apparati sportchilari qatnashdilar.  Umumjamoa hisobida 1- o’rin «Temir yo‘l transporti” filiali xodimlariga nasib etdi, 2-o‘rinni «Tog‘ – kon uskunalarini sozlash zavodi» filiali xodimlari egallashdi, 3-o‘rin esa «Avtomobil va texnologik transport» filiali jamoasiga  nasib qildi. Spartakiada yuqori saviyada tashkil qilinib, Spartakiada ishtirokchilari tashkilot kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilandilar.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email