«O‘zbekko‘mir» AJ Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan 28 aprel – «Butunjaxon mehnatni muxofaza qilish kuni»ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
2024 yil 23 aprel kuni «O‘zbekko‘mir» AJ Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan 28 aprel – «Butunjaxon mehnatni muxofaza qilish kuni»ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining “Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligi va gigienasiga ta’siri” to‘g‘risida”gi 2024 yil 15 apreldagi № 12-47-“s”-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida tashkil qilindi.
Tadbir «O‘zbekko‘mir» AJ filiallaridagi bosh muxandislar, mexnat muxofazasi bo‘limlari xodimlari, mehnat muxofazasi vakillari ishtirokida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashidan Rashidova Xurshida Komilovna, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashidan mehnat muxofazasi bo‘limi boshlig‘i Erbutayev Sobirjon Raxmonovich, Angren kon-texnika inspeksiyasi boshlig‘i Irkabaev Umarali, filiallar kasaba uyushmaalari raislari va boshqalar qatnashdilar.
Tadbirni Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.Qayumov kirish so‘zi bilan ochdi, BKUQ ishlar boshqaruvchisi A.Sultanov «Butunjaxon mehnatni muxofaza qilish kuni»ning belgilanishi, mazmun va mohiyati hamda «O‘zbekko‘mir» AJdagi vakillarning bajarayotgan ishlari va vazifalari to‘g‘risida gapirdi. Angren kon-texnika inspeksiyasi boshlig‘i U.Irkabayev baxtsiz xodisalarning sodir bo‘lishi sabablari, “O‘zbekko‘mir” AJ Mehnat muxofazasi, texnika, sanoat xavfsizligi va ekologiya bo‘limi boshlig‘i A.Isroilov mehnat muxofazasi bo‘yicha 2023 va 2024 yillarda bajarilgan ishlarga to‘xtaldi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashidan mehnat muxofazasi bo‘limi boshlig‘i S. Erbutayev o‘z so‘zini yuqoridagi qaror bo‘yicha mehnatni muxofaza qilishda iqlim o‘zgarishining ta’siriga, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashidan X.Rashidova qarorning mazmun mohiyatiga to‘xtaldilar. Kasaba uyushmalarining yuqori tashkilotlaridan taklif qilingan mehmonlar berilgan savollarga to‘laqonli javob oldilar.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: