“O’zbekko’mir” AJda mehnat jamoasining Jamoa shartnomasini 2021 yilda bajarilishi yuzasidan hisobot konferensiyasi bo’lib o’tdi

30.03.2022y.Joriy yilning 30 mart kuni ‘O’zbekko’mir” AJ bosh ofisining majlislar zalida 2020-2023 yillar uchun tuzulgan Jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi bo’yicha Jamiyat mehnat jamoasining konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Konferensiya ishida O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o’rinbosari S.To’xtayev, Jamiyat bosh derektori V.Kuznetsov, Birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi A.Qayumov hamda jamiyat ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Konferensiyada jamiyat bosh derektori V.Kuznesov hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi A.Qayumovlarning 2020-2023 yillar uchun tuzulgan Jamoa shartnomasininng 2021  yilda bajarilishi to’g’risidagi ma’ruzalari eshitildi.

Konferensiya davomida O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o’rinbosari S.To’xtayev ham so’zga chiqib ishtirokchilarga Respublika kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni berib o’tdi.

Konferensiya ishida jamiyatning “Energiya va telekommunikatsiya tarmoqlari” filiali rahbari E.J.Ergashev, “Angren ko’mir koni” filiali rahbari Z.Xakimov, “O’zbekko’mir” AJ MMTSXvaE bo’limi boshlig’I Sh.Xaitmatov va boshqalar so’zga chiqishdi.

Jamoa shartnomasining 2021 yildagi bajarilishi bo’yicha Birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi faoliyati qoniqarli deb topildi.

Jamoa shartnomasiga ishchi-xodimlar manfaatdorligini, ularga qo’shimcha imtiyozlar bo’yicha qator o’zgarishlar kiritilib, tasdiqlandi.

 

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email