Respublika Kengashi Bosh mehnat texnik inspektori S.S.Saidmaxmudov tomonidan Toshkent shahrida jabr ko‘rgan xodimlar holidan xabar olindi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Bosh mehnat texnik inspektori S.S.Saidmaxmudov 2022 yil 6 dekbri soat 03-00da “Toshkent shahar xududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Shayxontoxur tumani elektr tarmoqlari” korxonasi ishchilari bilan ish vaqtida sodir bo‘lgan yo‘l transport xodisasi yuzasidan Toshkent shaxar mehnat boshqarmasi tomonidan tuzilgan komissiya tarkibida o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida baxtsiz xodisa oqibatida jabr ko‘rgan xodimlar “Shayxontoxur tumani elektr tarmoqlari” korxonasi tezkor brigada mantyori A.Ismailov va xaydovchi B.Makamovlar bilan xodisa yuzasidan surushtiruv ishlari olib borildi.
Xozirgi kunda yo‘l transport xodisasida jabr ko‘rgan A.Ismailovga kerakli jarroxlik amaliyoti uchun “Toshkent shaxar xududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati xamda kasaba uyushmasi tomonidan 17 mln.so‘m to‘lab berilgan.
Bosh mehnat texnik inspektori tomonidan kelgusida bunday baxtsiz xodasalarga yo‘l qo‘maslik yuzasidan korxona ishchi xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz av geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: