🌙RAMAZON – SAXOVAT VA MEHR-OQIBAT OYI
Ramazon oyi munosabati bilan "HET"AJ Namangan hududiy filiali barcha tuman va shahar bo‘linmalarida kam ta’minlangan,…
🏛 Geologiya fanlari universiteti hamda ilmiy-tadqiqot institutining professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun “Geologlar kuni” munosabati bilan Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Geolog” oromgohida jamoaviy dam olish va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan “Team building” dasturi tashkil etildi.
🤝 Dastur doirasida ishtirokchilar uchun sport va intellektual o‘yinlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, birinchi kun davomida futbol, voleybol, shaxmat hamda “Zakovat” bellashuvlari qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ushbu musobaqalar nafaqat jamoaviylikni kuchaytirishga, balki sog‘lom raqobat muhitini yaratishga ham xizmat qildi.
🌿 Bo‘stonliqning musaffo havosi, go‘zal tabiat manzaralari va bahorning iliq nafasi tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlab, ularning dam olishlarini yanada maroqli o‘tkazishlariga imkon berdi.








Spelling error report
The following text will be sent to our editors: