Kun qahramonlari!

 Yurtimizga kirib kelgan anomal sovuq vaqtida aholimiz orasida gaz va elektrga bo’lgan talab oshdi. Buning natijasida gaz va elektr tarmoqlarida uzilishlar va turli muommolar kelib chiqmoqda. Bu muommolarni bartaraf etish va aholimizni qishning sovuq kunlarida qulay sharoit yaratib berish uchun gaz va elektr sohasi mutasaddilari kunu tun mehnat qilishmoqda. Ularga yengillik yaratish maqsadida “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minot filiali kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan ishchixodimlar holidan xabar olinib, ularga issiq ovqat va termozlar topshirilidi.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email