Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 23 fevral kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda “Jamiyatning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023 yilda mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda «Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi muxokama qilindi. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlangani alohida e’tirof etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais maslaxatchisi Y.F.Adilova faol qatnashib, o‘z taklifini kiritdi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: