“Sirdaryo IES” korxonasida elektr sexi ishchi-xodimlari va faollari ishtirokida, yig’ilish bo’lib o’tdi.

28-fevral kuni “Sirdaryo IES” korxonasi kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan korxonaning asosiy sexlaridan biri bo’lgan elektr sexi ishchi-xodimlari va faollari ishtirokida, jamoa shartnomasining mazmun-mohiyati, xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda sex kasaba uyushma qo’mitasi raisini saylash masalasiga bag’ishlangan navbatdagi kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda, elektr sexida uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan Azimjon Jo’rayevich Sultanov bir ovozdan sexning yangi KUQ raisi etib saylandi.

Manba: «IES» Aj BKUQ matbuot xizmati

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email