Yangi boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkil etildi
Joriy yilning 26-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi «Buyuk turon» kichik sanoati zonasida tashrif buyurdilar hamda O‘tgan yili ish boshlagan “Alp Texno Servis” xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Korxona yiliga 120 ming dona televizor va monitorlar ishlab chiqarish quvvatiga ega xususiy korxona hisoblanadi. Korxona JVC, TCL, Zimmer va boshqa brendlarning auditidan o‘tib, shu nomlar ostida tashqi bozorga mahsulot chiqaradi. O‘tgan yili 3 million dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 6 million dollarga yetkazish reja qilingan. Bu yerda 76 ta ish o‘rni yaratilgan. Yaqinda plata terish hamda plastik qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va yana 30 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Ushbu zavodda ishlayotgan ishchi-xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy va mehnat muxofazalarini tashkil etish maqsadida, kasaba uyushmasi ta’sis etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkil etildi. Ta’sis konferensiyada zavod mutaxasisi Sanjar Nasrullaev boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi etib saylandi. Konferensiyada delegatlar O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati kengashiga a’zo bo‘lishga ovoz berishdi.
“Alp Texno Servis” xususiy korxonasi bosh direktori Shuxrat Muradov o‘z nutqida ish o‘rinlarini 500 nafargacha oshirilishini va xodimlar uchun barcha ko‘zda tutilgan imtiyozlar va ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va mehnat muxofazalar yuqori darajada tashkil etishni so‘zladi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: