Respublika Kengashi mutasaddilari “Qoraqalpog‘iston MET” AJ kasaba uyushma qo’mitasi faoliyati bilan tanishdi

«2023 yilda  kasaba uyushmalaridagi faol xotin-qizlar o‘rtasida “Yulduz” xalqaro ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qo’shma qarorga asosan Qoraqalpog‘iston METda ko’rik-tanlovning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich g‘olibi Qoraqalpog‘iston MET kasaba uyushmasi raisining hujjatlari bilan O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xodimlari, jumladan S.S. Egamberdiev, Xotin- qizlar masalasi bo‘yicha rais maslahatchisi Y.F.Adilova hamda Yoshlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis F.B.Boboqulova hamda MET BKUQ raisi Nodira Xidirovalar yaqindan tanishib chiqishdi. Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston METda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, talab va takliflar o‘rganib chiqildi  hamda «Ayollar kengashi» va yoshlar birlashmasiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email