«Uz-Kor Gas Chemical» MChJ QK mehnat jamoasining Jamoa shartnomasi bajarilishini ko’rib chiqish masalasi bo’yicha Konferensiya bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston  energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba  uyushmasi Respublika Kengashi ijroya Qo’mitasi tasdiqlagan “Jadvali”ga  muvofiq 2023 yil 4 aprel kuni  «Uz-Kor Gas Chemical» MChJ Qo’shma korxonasi mehnat jamoasining Jamoa shartnomasi bajarilishini ko’rib chiqish masalasi bo’yicha Konferensiya bo’lib o’tdi.

«Uz-Kor Gas Chemical» MChJ Qo’shma korxonasi boshqaruvi va Kasaba Uyushma qo‘mitasining 2023 yil 27 martdagi qo‘shma  qaroriga asosan chaqirilgan konferensiyada 1508 nafar ishchi xodim hamda 100 ta delegat qatnashdi. Konferensiyaga «Uz – Kor  Gas  Chemical» MChJ  Qo’shma korxonasi boshqaruvi raisi o’rinbosari Raislik qildi.

Ishchi rayosat tarkibi 4 kishidan iborat bo‘ldi.

  1. Sharapov Jamshid Melsovich:

«Uz – Kor  Gas  Chemical»  MChJ  QK boshqaruvi raisi o’rinbosari.

  1. Jurayev Tulagan Toshpulatovich:

UGKM direktori.

  1. Egamberdiyev Sobirjon Saybovich:

O‘zbekiston  energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba  uyushmasi Respublika Kengashining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig’i.

  1. Abduraxmonov Jaxongir Sattarovich:

«Uz-Kor Gas Chemical» MChJ Qo’shma korxonasi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi.

Konferensiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

  1. korxonada jamoa shartnomasining bajarilishi yakunlari to‘g‘risida.
  2. Korxona jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani tasdiqlash to‘g‘risida
  3. jamoa shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar (yoki yangi jamoa shartnomasi loyihasi) to‘g‘risida.
  4. Korxona jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib boruvchi komissiyani saylash to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihasi Konferensiya ishtirokchilarga o‘qib eshittirildi va bir ovozdan tasdiqlandi.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email