Тaxiatosh issiqlik elektr stansiyasi “IES” AJ filiali jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi bo’yicha mehnat jamoasi konferensiyasi bo’lib o’tdi
Тaxiatosh issiqlik elektr stansiyasi “IES” AJ filiali jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi bo’yicha mehnat jamoasi konferensiyasi bo’lib o’tdi. Тaxiatosh issiqlik elektr stansiyasi aksiyadorlik jamiyati filialida ish beruvchi va kasaba uyushma qo’mitasi o’rtasida tuzilgan 2020-2022-yillar uchun mo’ljallangan jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi bo’yicha mehnat jamoasi konferensiyasida O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bo’lim boshlig’i S.Egamberdiev, xotin qizlar masalasi bo’yicha rais maslahatchisi Y.Adilova, yoshlar masalalari bo’yicha bosh mutaxassis F.Boboqulova hamda 30 nafarga yaqin delegatlar qatnashdi.
Konferensiya davomida Тaxiatosh issiqlik elektr stansiyasi “IES” AJ filialining iqtisodiy masalalar bo’yicha direktor o’rinbosari va kasaba uyushma qo’mitasi raisining hisobotlari tinglandi hamda 2023-yilda amalga oshirilishi lozim bo’lgan galdagi muhim vazifalar belgilab olindi. Bundan tashqari kasaba uyushmasi qo’mita a’zolariga faoliyati bilan bog’liq bo`lgan tushuntirish ishlari olib borildi. Ayollar kengashi raisi bilan hamrorlikda filialdagi xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil qilindi hamda talab va takliflari tinglandi. Yoshlar bilan birgalikda Taxiatosh IES muzeyiga tashrif buyurildi. Yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga kengash xodimlari tomonidan munosib va o`rinli javob berildi hamda yoshlar tomonidan qo`shimcha takliflar bildirildi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: