Taxiatosh IES filialida Xavfsizlik Texnikasi oyligi doirasida mehnat muhofazasi asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalarda joriy yilning 1 iyun – 1 iyul kunlari xavfsizlik texnikasi oyligi bo‘lib o‘tmoqda.

Taxiatosh IES filialida oylik doirasida keng miqyosdagi ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, stansiyaning barcha xodimlari texnik o‘qish mashg‘ulotlariga jalb qilingan bo‘lib, unda sexning tajribali xodimlari hamda stansiyaning mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha mutaxassislari tomonidan mehnat muhofazasi asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida elektr energetikasi tashkilotlarida xodimlar bilan ishlash qoidalari, elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va birinchi tez yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim sinovlaridan o‘tkazildi.

Sexning uchastkalarida “VITIM” trenajer mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Ko‘rik yakunida, ko‘rikga tayyorlanish va uni o‘tkazish davrida eng yaxshi natijalarga erishgan jamoalar hamda faol qatnashgan hodimlar rag‘batlantirilishi rejalashtirilgan.

Ko‘rik-oylik doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

 

Manba: «IES» AJ BKUQ

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email