“Yangi kasaba uyushmalarida – yoshlar siyosati” mavzusida seminar-trening va “Ekoturizm” aksiyasi tashkil etildi
Hozirgi kunda ekologik muammolar dunyo hamjamiyatining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Uning oldini olish bo’yicha O’zbekiston Respublikasida ham ko’plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 31.05.2023 dagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonida bu o’z ifodasini topgan. Kelajagimiz tayanchi bo’lgan yoshlarning e’tiborini umumjahonning dolzarb muammolaridan biri bo’lgan ekologik muammolarga qaratish va birgalikda atrof muhitni, tabiatni, ekologiyani asrashga targ’ib qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-sonli 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmonining 207, 217-bandlarini hamda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining I yarim yillik ish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida “30 iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan 5-6 iyun kunlari Toshkent viloyatida joylashgan “Ra’no Eco village” dam olish maskanida O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi 40 nafar yoshlarni birlashtirgan “Yangi kasaba uyushmalarida – yoshlar siyosati” mavzusida seminar-trening va “Ekoturizm” aksiyasi tashkil etildi.
Tadbirning 1 chi kunida ishtirokchilar yig’ilib, “Ra’no Eco Village” dam olish maskaniga olib borildi va joylashtirildi. Tushlikdan so’ng tashkil etilgan davra suhbatida O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining xotin qizlar masalalari bo’yicha rais maslahatchisi Y.Adilova, Yoshlar masalalari bo`yicha bosh mutaxxasis hamda Respublika Kengashi yetakchi mutaxassisi R.Nurgaliyeva tomonidan olib borilgan seminar-trening asnosida ishtirokchilar bir birlari bilan tanishib oldilar va kichik guruhlarga birlashtirildilar. Jamoalarga bo’lingan ishtirokchilar o’rtasida jamoani shakllantirish bo`yicha turli interaktiv o’yinlar tashkil etildi.
So’ngra “Za’mona Ra’no” giyohli choylar taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotda mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga giyohli choylarning ishlab chiqarilish jarayoni hamda ularning foydasi to’g’risida ma’lumotlar berishdi.
Gid hamrohligida “Ra’no eco village” hududi bo’ylab tashkil etilgan eko sayrda esa qatnashchilar dam olish maskanida joylashgan tabiiy g’or hamda ferma bilan tanishdilar.
Tadbirning 2 kuni yoga mashg’uloti bilan boshlandi. Uni Ayama ismli hindistonlik yoga masteri olib bordi. Nonushtadan keyin qatnashchilar o’rtasida “eko-turizm” aksiyasi doirasida kvest tashkil etildi. Kvestda jami 35 kishidan iborat 5 ta yoshlar jamoasi jamoa ishtirok etdi. Kvestda “Adolat” jamoasi g’alaba qozondi.
Tadbir yakunida do’stona kechki ovqat tashkil qilindi. Unda Respublika Kengashining yoshlar masalalari bo’yicha bosh mutaxassisi F.Bobaqulova so’zga chiqib, g’oliblarni tabrikladi va ularga sovg’alar topshirdi. Shu bilan tadbir ham o’z nihoyasiga yetdi. 7 iyun kuni ishtirokchilar o’z manzillariga kuzatildi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: