Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz!
Farg’ona IEM filialida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi hamda 9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga karshi kurashish kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ hodimlari bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda xodimlarga yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati hamda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar hamda korrupsiya uchun javobgarlik masalalari, uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Manba: Farg’ona IEM KUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: