“Yangi-Angren IES” AJda “Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida amaliy o‘quv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi “Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 819-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida “Yangi-Angren IES” AJ va “O‘zbekenergota’mir” AJ ishchi-xodimlari uchun “Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida amaliy o‘quv o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi, “Yangi-Angren IES” AJ hamda “O‘zbekenergota’mir” AJ hamkorligida tashkil etildi.
O‘quv davomida mehnat munosabatlaridagi yangiliklar, 819-son qaror talablari hamda korxonalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi mas’ullari ishtirok etib, ishtirokchilarga mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar.
Tadbir yakunida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mehnat muhofazasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalari ishtirokchilarga tarqatildi.
Ma’lumot uchun, ushbu amaliy o‘quv xodimlarning mehnat muhofazasi sohasidagi bilimlarini oshirish va ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat madaniyatini yuksaltirishga qaratildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: